Yangi mavsum hali boshlanmagan bo‘lsa-da, Joze Mourinyo «Real» bilan ilk sovrinini qo‘lga kiritishga ulgurdi. Gap, albatta, norasmiy turnir sovrini haqida ketmoqda.

Madridliklar yakshanba kuni «Deportivo» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozongach, Tereza Errera sovrigi bilan taqdirlandi.

«Riasor» stadionida o‘tgan uchrashuvdagi yagona gol muallifi Braim Dias bo‘ldi. U darvozabon Andrey Luninning qo‘l bilan bergan golli uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

«Real» qo‘lga kiritgan Tereza Errera sovrigi XVIII asrda yashagan xayriyachi ayol sharafiga nomlangan. Uning o‘ziga xos jihati — vazni 40 kilogrammdan ziyod ekanida.

O‘yindan keyin «Real» futbolchilari klub prezidenti Florentino Peres bilan birga sovrin bilan esdalik uchun suratga tushishdi. Kubok shunchalik og‘irki, uni bir vaqtning o‘zida ikki nafar madridlik futbolchi ko‘tarib bordi.

Manba: Stadion.uz