«Manchester Siti» markaziy yarim himoyachisi Tijani Reynders tez orada Angliya klubini tark etishi mumkin. Niderlandiya terma jamoasi a’zosi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.

Mashhur insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «shaharliklar» «Al-Kadisiya» bilan transfer shartlari bo‘yicha kelishib olishgan. Ehtimoliy bitim summasi 61 million yevroga baholanmoqda. Endi klublar futbolchining o‘zi chiqaradigan qarorni kutishmoqda.

Tijani Reynders 2025 yilning yozidan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 28 yoshli xavbek barcha musobaqalardagi 47 ta uchrashuvda 7 ta gol va 8 ta rezultativ uzatma muallifiga aylangan.

Manba: Stadion.uz