1987 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Ruud Gullit shu yozda APLda qaysi transfer unda eng katta taassurot qoldirgani haqidagi savolga javob berdi.

«Markus Reshfordning «Manchester Yunayted»ga qaytishi yakunda bu yozdagi APLning eng yaxshi transferi bo‘lib chiqishi mumkin. U «Barselona»da ko‘p narsani o‘rgandi va «MYU»dagiga qaraganda ancha yaxshiroq, erkinroq o‘yin ko‘rsatdi.

Bunda uning aybi bor edimi yoki gap klubdagi muhitda edimi? Futbolchiga barmoq bilan ishora qilish juda oson. Ammo agar u boshqa joyda muvaffaqiyatga erishsa, bu uning avvalgi klubida nimadir joyida bo‘lmaganiga ishora qiladi. Shu sababli, agar u qolsa va «Barselona»dagidek o‘yin ko‘rsatsa, bu «Manchester Yunayted» uchun fantastik qadam bo‘lishi mumkin», — dedi Gullit.

2025/26 yilgi mavsumda Reshford «Barselona» tarkibida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta rezultativ uzatmani amalga oshirdi. Forvardning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz