Himoyachi Malo Gyusto shu yozda «Chelsi»ni tark etishi mumkin. Bu haqda Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Qizillar» yaqin orada futbolchining transferi bo‘yicha taklif bilan chiqishlari mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Gyusto «Chelsi» tarkibida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta rezultativ uzatmani amalga oshirdi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz