La Liganing 1-turidan o‘rin olgan «Selta» va «Osasuna» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Vigodagi stadion maysasining holati yomonlashgani sababli qoldirildi.

O‘yin 16 avgust kuni «Balaidos» stadionida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ko‘chirishga maydon gazoniga infeksiya tushgani va buning oqibatida maydon o‘yin o‘tkazish uchun yaroqsiz holga kelib qolgani sabab bo‘ldi.

«O‘tgan haftada La Liga tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida maydonni zararlagan kasalliklarni yo‘qotish bo‘yicha qilingan ishlar va maysaning sport uchun talab qilinadigan sifat hamda xavfsizlik standartlariga mos kelishi tasdiqlangan edi. Biroq so‘nggi kunlardagi ob-havo sharoiti o‘yin maydoni holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, bu esa uchrashuvni ko‘chirish bo‘yicha qaror qabul qilinishiga olib keldi», — deyiladi «Selta» bayonotida.

Xabar qilinishicha, ushbu uchrashuv 27 avgustga ko‘chirilgan.

Manba: Stadion.uz