«Manchester Yunayted» himoyachisi Nussair Mazraui jamoaning yangi futbolchilari «Old Trafford»dagi hayotga tez moslashib olishida futbolchilarning o‘rni katta bo‘lganini ta’kidladi.
Andrey Santos va Yuri Tilemans shu yozda «Yunayted»ga kelib qo‘shildi. Mazraui esa mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida ushbu yarimhimoyachilarning qanchalik barvaqt jamoaga kirishib ketganidan hayratda qoldi.
«Ular juda yaxshi moslashib olishdi. Bizda ajoyib va muomalasi juda oson bo‘lgan yigitlar jamoasi shakllangan. O‘ylashimcha, jamoamizda yangi kelganlarga mana shunday ijobiy muhitni his ettira oladigan futbolchilar bor.
Ularning o‘yinlarda ko‘rsatayotgan mahorati va sifatidan ham buni darhol payqash mumkin», — dedi Mazraui.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0