"Barselona" yarim himoyachi Rodrini transfer qilish bo‘yicha yakuniy taklif tayyorlamoqda. Bu futbolchining o‘zi "Manchester Siti"dan uning ketishiga to‘sqinlik qilmaslikni so‘ragani fonida yuz bermoqda. Ispaniyaning Sport nashri yozishicha, 30 yoshli xavbekning bunday pozisiyasi muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.
Muzokaralarga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, "Barselona" taklifning kafolatlangan qismini 65 million yevrogacha oshirishi mumkin. Yana 10 million yevro turli bonuslar ko‘rinishida shartnomaga kiritilishi rejalashtirilgan.
Ushbu bonuslarning yarmi — 5 million yevro — nisbatan oson bajariladigan shartlarga bog‘lanadi.
Rodri 2024 yilda "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0