"Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes "Manchester Siti"ga o‘tishi va u yerda Enso Mareska bilan yana birga ishlashi mumkin.

Jurnalist Sesar Luis Merloning xabar berishicha, "shaharliklar" Fernandes transferi uchun 120 million yevro taklif qilgan.

Avvalroq OAVda "Chelsi"ning bu masalada ultimatum qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, London klubi "Manchester Siti"dan juma kuni kechga qadar Fernandes uchun taxminan 140 million yevro taklif qilishni talab qilgan. Aks holda, transfer amalga oshmaydi.

"Manchester Siti" 25 yoshli argentinalik futbolchi uchun sarflanadigan mablag‘ning bir qismini Rodrini sotish orqali qoplashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" 2023 yil yanvarda Enso Fernandes transferi uchun 121 million yevro to‘lagan.

Manba: Stadion.uz