«Real»ning yangi futbolchisi Ibraima Konate o‘zining eng asosiy iqtidori haqidagi savolga javob berdi. Fransiyalik himoyachi Madrid klubiga erkin agent maqomida «Liverpul»dan ko‘chib o‘tgan edi.
«Mening eng asosiy iqtidorim? Men hammani kuldira olaman», — deya Konatening so‘zlarini keltirmoqda «Real» matbuot xizmati.
Ibraima Konate 2021 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Fransiyalik futbolchi Madrid klubi bilan 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0