«Liverpul» «PSJ» vingerlari Ibraim Mbaye va Bredli Barkolyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan edi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, parijliklar Angliya klubidan ushbu ikki futbolchi uchun umumiy hisobda 200 million yevro talab qilishgan. «Qizillar» bunday summani to‘lashdan bosh tortishdi.

Shu bilan birga, «Liverpul» hali ham Barkolyani sotib olish istagida ekani ta’kidlanmoqda. Futbolchining o‘zi ham «Enfild»ga ko‘chib o‘tishni xohlayapti.

Manba: Stadion.uz