«Barselona» futbolchilari tizzasidagi xochsimon paylari uzilishi sababli operasiya qilingan Runi Bardjini shifoxonada borib ko‘rishdi.
20 yoshli vinger mashg‘ulotlar vaqtida olgan jarohatidan so‘ng muvaffaqiyatli operasiya qilindi. Uning 6–7 oyga safdan chiqqani xabar qilingan edi.

Shvesiyalik futbolchi shifoxona palatasida Gavi, Pedri, Aleks Balde va Ektor Fort bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.
«Sizlarni yaxshi ko‘raman, yigitlar, kelganingiz uchun rahmat», — deya izoh qoldirdi Bardji.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0