«Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holandga Ginnessning rekordlar kitobidan to‘rtta sertifikat topshirildi. Tegishli ma’lumot ma’lumotnomaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida paydo bo‘ldi. Bu yutuqlarda asosiy e’tibor futbolchining sermahsulligiga qaratilgan.
/i/n/j/17866292201980017709.jpg)
Shu tariqa, Ginnessning rekordlar kitobida endilikda Holandning birdaniga to‘rtta rekordi rasman ro‘yxatga olindi:
-
Millatlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar — 19 ta gol;
-
Angliya Premyer-ligasi tarixida 100 ta golni eng tez urgan futbolchi — 111 ta o‘yinda;
-
APLda bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha rekordchi — 2022/2023 yilgi mavsumda 36 ta gol;
-
Chempionlar ligasining bitta o‘yinida urilgan beshta gol.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0