«Milan» Ruben Amorimning klub rahbariyati bilan uchrashuvidan so‘ng to‘rt nafar futbolchisini transferga qo‘yadi.

Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, «rossoneri» bosh murabbiyi Kristofer Nkunku, Fikayo Tomori, Yussuf Fofana va David Odoguga umid bog‘lamayapti, chunki ushbu o‘yinchilar mavsumga tayyorgarlik jarayonida murabbiyda yetarlicha taassurot qoldira olishmagan. Bu ma’lumotni insayder Fabrisio Romano ham tasdiqladi.

Shuningdek, Pervis Estupinyan, Filippo Terrachchano va Santyago Ximeneslarning ham jamoadagi kelajagi so‘roq ostida turibdi.

Manba: Stadion.uz