«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem Joze Mourinyo qo‘l ostidagi yangi mavsumdan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.

«Menda allaqachon u bilan o‘zaro aloqa va tushunish bordek tuyulmoqda va Mourinyo kabi murabbiy bilan ishlash men uchun bir orzu. Menda uni ko‘rish uchun faqat bitta imkoniyat bo‘lgandi, ammo uning qanday inson ekanini bilishdan juda xursandman.

Men biroz ulg‘aydim va tajribaliroq bo‘ldim. Yangi o‘yinchilar va murabbiy bilan bu mavsumga nisbatan yaxshi umidlarim bor. Ushbu klubda o‘ynash men uchun katta sharaf va imtiyozdir. Umid qilamanki, bu holat hali ko‘p yillar davom etadi», — dedi Bellingem.

Manba: Stadion.uz