Kerim Alaybegovich boshqa top-klublarning qiziqishiga qaramay, nima uchun «Yuventus»ni tanlaganini tushuntirib berdi. Bosniya va Gersegovina terma jamoasining 18 yoshli hujumchisi Turin klubiga 30+6 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

«Qachonki sizni «Yuventus» taklif qilar ekan, «yo‘q» deyish juda qiyin. Bu dunyoning eng buyuk klublaridan biri va men ushbu libosni kiyib yurganimdan juda faxrlanaman. Klubning menga bo‘lgan ishonchi ham juda muhim.

— Qaroringizda Miralem Pyanich qanday rol o‘ynadi?

— Ha, u, shubhasiz, mening tanlovimda muhim rol o‘ynadi, chunki Pyanich «Yuventus» futbolchisi bo‘lgan. U buyuk o‘yinchi edi va ushbu klubga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, u otamga juda ko‘p yordam berdi, u va klub bilan aloqada bo‘lib turdi. Yakunda hammasi biz xohlagandek bo‘ldi va biz baxtiyormiz», — dedi Alaybegovich.

Manba: Stadion.uz