Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov yulduzli hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ma’lumki, Nurmagomedov va Ronaldu do‘stona munosabatlarni saqlab kelishmoqda.

«Alloh Ronalduga kuchli atletizm va uni uzoq vaqt davomida saqlab turish qobiliyatini in’om etgan. Ko‘pchilik bu sifatni yo‘qotadi. Juda ajoyib jismoniy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan iste’dodli futbolchilar ko‘p, ammo ularning aksariyati dangasa. Ronalduda esa hamma narsa mujassam: atletizm, iste’dod, tinimsiz mehnat... Hammasi.

U «Sporting»da porladi, keyin «Manchester Yunayted»ga o‘tdi. «Manchester Yunayted»da iz qoldirish juda qiyin edi. Uning 2008 yilda erishgan yutuqlari ishonging kelmaydigan darajada edi. So‘ng u yerdan yanada murakkabroq klubga — «Real»ga o‘tdi. Qariyb 15 yil davomida u tarixdagi ikkita eng buyuk jamoada aqlsiz darajadagi bosim ostida o‘ynadi. Ikkala klubda ham eng yaxshisi bo‘ldi. Bu juda qiyin... U allaqachon 22-23 yildan beri eng yuqori darajada va hozirda 1000 ta gol marrasiga juda yaqin turibdi. Messi bu raqamga eta oladimi? Bu savol», — dedi Habib.

Krishtianu Ronaldu klub miqyosida «An-Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Hozirda portugaliyalik futbolchi 41 yoshda.

Manba: Stadion.uz