Superliga 17-turida "So‘g‘diyona" "Surxon" mehmoni bo‘ldi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsda termizliklar hisobni ochdi. 21-daqiqada Farruxjon Qodirov gol muallifi bo‘ldi. Bu golga jizzaxliklar 3 bor javob qaytardi. Samandarjon Mavlonqulov (50), Ollobergan Karimov (59) va Zenan Zaymovich (90+1) o‘zini ko‘rsatdi.

"So‘g‘diyona" 21 ochko bilan 10-pog‘onaga ko‘tarildi. "Surxon" 18 ochko bilan 18-pog‘onada.

Manba: Stadion.uz