Superliga 17-turida "Neftchi" safarda "Andijon" mehmoni bo‘ldi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin birinchi bo‘limida hisob ochilmadi - 0:0.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 51-daqiqada mezbonlar sardori Usmonali Ismonaliyev maydondan chetlatildi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, 53-daqiqada Alisher Odilov hisobni ochdi, 81-daqiqada Stipe Perisa jamoasining ikkinchi golini kiritgan bo‘lsa, 90+2-daqiqada Koffi Kuao farg‘onaliklar safidagi debyut o‘yinida ilk goli bilan bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi - 3:0.

"Neftchi" 42 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. "Andijon" 21 ochko bilan 8-pog‘onada.

Manba: Stadion.uz