"Napoli" "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezusga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda va braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha London klubi bilan muzokaralarni qayta boshladi. Bu haqda Goal portali Fabrisio Romanoning YouTube kanaliga tayanib xabar berdi.

Romelu Lukaku sotilganidan keyin neapolliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish va Massimiliano Allegri jamoasi uchun yangi top-darajadagi forvard topishni istamoqda.

Shu bilan birga, "Napoli" tarkibda joy bo‘shatishi va qo‘shimcha mablag‘ ishlab olishi kerak. Bu Lorenso Lukka va Noa Langning ehtimoliy transferlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

"Napoli" Jezusni to‘liq transfer qilish uchun "Arsenal" qo‘yayotgan shartlarni allaqachon biladi. Hozircha asosiy hal etilmagan masala futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘lib turibdi.

Manba: Stadion.uz