"Beshiktosh" o‘z rasmiy saytida hujumchi Dushan Vlaxovich bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. 26 yoshli serbiyalik futbolchi Turkiya klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Vlaxovich "Beshiktosh" bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Klub bayonotida qayd etilishicha, futbolchining har bir mavsum uchun kafolatlangan maoshi 7,5 million yevroni tashkil qiladi.
Dushan Vlaxovich faoliyati davomida "Partizan", "Fiorentina" va "Yuventus" klublarida to‘p tepgan. Endi serbiyalik hujumchi o‘zini Turkiya chempionatida sinab ko‘radi.
Payshanba kuni "Beshiktosh" Yevropa ligasi saralash bosqichida "Grades-Kralove"ni o‘z maydonida qabul qiladi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0