"Manchester Yunayted" "Bryugge" hujumchisi Nikolo Tresoldini tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. 21 yoshli nemis futbolchisiga "Barselona", "Chelsi" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, "Yunayted" Tresoldini debyut mavsumida 12 ta gol urgan Benyamin Sheshkoga munosib raqobatchi sifatida ko‘rmoqda.
Germaniya U21 terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Tresoldi o‘tgan mavsum klub miqyosida 23 ta gol urgan. Uning transfer qiymati 45-50 million yevro atrofida baholanmoqda.
Avvalroq "Roma" forvard uchun taklif yuborgan, ammo u "Bryugge" talab qilayotgan summadan past bo‘lgani sababli rad etilgan.
"Barselona" esa Tresoldini Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Kataloniyaliklar Ferran Torres sotuvidan tushadigan mablag‘ni nemis hujumchisini xarid qilishga yo‘naltirishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0