So‘nggi kunlarda OAV «Liverpul» yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allisterni bir qator klublar, jumladan «Manchester Siti» va «Galatasaroy» bilan bog‘layotgan edi. Biroq argentinalik futbolchi joriy yozda jamoasini o‘zgartirmaydi.
Bu haqda Makallisterning otasi ma’lum qildi.
«Aleksis «Liverpul»da qoladi. Biz uning bu yozda klubni tark etishi mumkinligi haqida umuman gaplashmadik», — deya Mak Allisterning otasi so‘zlarini The Touchline nashri keltirdi.
Aleksis Mak Allister 2023 yil yozida «Brayton»dan «Liverpul»ga o‘tgan edi.
Argentinalik yarimhimoyachi «qizillar» safida uch mavsum davomida jami 150 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0