Yevropa ligasi uchinchi saralash bosqichining bir qator javob uchrashuvlari payshanba kuni yakunlandi.

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi o‘z maydonida «Grades Kralove»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Vaslav Cherni tomonidan kiritildi. Golga Junior Olayitan assistentlik qildi.

Shu tariqa, «Beshiktosh» Yevropa ligasi saralashining hal qiluvchi — pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Turkiyaning yana bir klubi «Fenerbaxche» ham saralashdagi yurishini davom ettirib, pley-off bosqichiga chiqdi.

Kiprning «Omoniya» klubi ham «Linkoln»ni minimal hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shuningdek, Avstriyaning «Zalsburg» klubi Kiprning «Pafos» jamoasi to‘sig‘idan o‘tib, saralash pley-offi ishtirokchisiga aylandi.

Vengriyaning «Ferensvarosh» klubi ham o‘z muxlislarini xursand qildi. Jamoa ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra «Gurnik» qarshiligini sindirib, Yevropa ligasi saralashidagi kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz