«Barselona»ning 18 yoshli misrlik hujumchisi Hamza Abdelkarimning kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda. Bu haqda Goal portali xabar berdi.
«Barselona Atletik» bosh murabbiyi Juliano Belletti markaziy hujumchi pozisiyasida allaqachon uch nafar futbolchini sinab ko‘rgan. Abdulkarim esa hozircha asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Dastlab misrlik futbolchi «Barselona»ning ikkinchi jamoasini kuchaytirish maqsadida olib kelingan edi. Biroq uning Jahon chempionatidagi yorqin ishtiroki futbolchiga asosiy jamoaning mavsumoldi tayyorgarlik rejalariga kirish imkonini berdi.
Endi «Barselona» rahbariyati Abdelkarimni asosiy jamoada qoldirish yoki uni Ispaniyaning quyi divizionlarida ishtirok etuvchi «Barselona Atletik» tarkibida o‘ynatish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishi kerak.
Abdelkarim 2026 yil qishida Misrning «Al-Ahli» klubidan «Barselona»ga ijara asosida, keyinchalik sotib olish huquqi bilan o‘tgan edi. Yozda kataloniyaliklar ushbu opsiyadan foydalanib, futbolchining transferini to‘liq rasmiylashtirdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0