«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa ixtiyoriga qaytdi. 41 yoshli futbolchi bu haqda ijtimoiy tarmoqda surat joylab, unga «An-Nasr» klubi ranglarini ifodalovchi belgilarni qo‘shdi.

Ronaldu jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng uzoq vaqt ta’tilda bo‘ldi. Bir necha kun avval yulduz hujumchi Jorjina Rodriges bilan turmush qurdi. Endi portugaliyalik futbolchi yana butun e’tiborini futbolga qaratgan.

«An-Nasr» bosh murabbiyi Ange Postekoglu matbuot anjumanida Krishtianu Ronalduning doimo o‘yinga tayyor ekanini ta’kidladi.

Katta ehtimol bilan, «An-Nasr» sardori Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 1-turidayoq maydonga tushishi mumkin. Jamoa 15 avgust kuni «Al-Fath»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: Stadion.uz