Somalilik arbitr Omar Abdulkadir Artan «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasidagi UYEFA Superkubogi uchrashuvidagi (2:1) faoliyati haqida fikr bildirdi.

«Bu men uchun Jahon chempionati edi», — deb yozdi Artan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida va uchrashuvdagi xizmati uchun olgan medali fotosuratini joylashtirdi.

Artanga AQSHga kirish rad etilgani sababli u 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlarida hakamlik qila olmagan edi. Somalilik arbitr mamlakatga diplomatik pasport bilan kelgan bo‘lsa-da, kirish uchun ruxsatnoma ololmadi. Rad etish sabablari oshkor qilinmagan. Keyinchalik Artan UYEFA Superkubogi bahsiga bosh hakam etib tayinlandi.

Manba: Stadion.uz