«Al-Ahli» Saudiya Arabistoni chempionatining 1-turidan o‘rin olgan safardagi o‘yinda «Ad-Dir’iya» jamoasini mag‘lub etdi — 1:0.

Uchrashuvdagi yagona golga Eduard Spersyan mualliflik qildi. «Krasnodar»ning sobiq yarimhimoyachisi 25-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Iyul oyida Spersyan 22 million yevro evaziga «Krasnodar»dan «Al-Ahli» klubiga o‘tgan edi.

Manba: Stadion.uz