«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoaning 2026/27 yilgi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.

«Avvalo, biz g‘alaba qozonishni istaymiz, lekin shu bilan birga o‘yindan zavq olishni ham xohlaymiz. So‘nggi bir necha oy davomida sayohat qilib, muxlislar bilan muloqotda bo‘lganimda eshitgan eng muhim narsam — ulardagi hayajon va ilhom bo‘ldi. Bu — o‘yinni tomosha qilish istagi va “bugun men ko‘rishni xohlagan biror narsa yuz berishi mumkin” degan kutilmaganlik hissidir. Men shuning bir qismi bo‘lishni xohlayman.

Aynan shuning uchun biz ushbu o‘yinni va aynan shuning uchun ushbu klubni yaxshi ko‘ramiz. Ba’zida bizga oson bo‘lmaydi, ammo buning o‘ziga xos go‘zalligi bor. Albatta, eng muhimi — g‘alaba. Biz imkon qadar tez-tez bunga intilishimiz kerak», — deydi murabbiyning so‘zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.

APLning 1-turida mankunianliklar safarda «Xall Siti»ga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz