Yangi Zelandiya Futbol assosiasiyasi (NZF) 2027 yilda tashkilot kongressida bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi saylovlarida Janni Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlash qarorini qaytarib olganini e’lon qildi.
Ushbu qaror FIFAning Jhon chempionati tijorat huquqlari bilan bog‘liq loyiha doirasida xususiy kapitalni jalb qilish rejalari bekor qilinganidan keyin qabul qilindi. Bundan tashqari, NZF «FIFA Forward Enterprise» dasturini ishlab chiqish jarayoni bo‘yicha mustaqil surishtiruv o‘tkazishni talab qildi.
«Bugun tashkilot 2027 yilgi kongressda Janni Infantinoning FIFA prezidentligiga nomzodini qo‘llab-quvvatlashini rasman qaytarib olishini e’lon qildi.
Bundan tashqari, biz «FIFA Forward Enterprise» dasturini ishlab chiqish doirasida amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazilishiga erishamiz», — deyiladi NZF bayonotida.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0