Cadena SER nashrining xabar berishicha, «Barselona» va «Pari Sen-Jermen» («PSJ») hujumchi Ferran Torresning transferi bo‘yicha kelishuvga juda yaqin turibdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 50 million yevrolik bitimni muhokama qilishmoqda. Ispaniya klubi transferni yaqin kunlarda rasmiylashtirishga umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, agar Torres 55 million yevrodan ortiq summaga sotilsa, kataloniyaliklar ispaniyalik futbolchining 2022 yilda «Barselona»ga o‘tishi chog‘ida tuzilgan shartnoma bandiga asosan «Manchester Siti»ga 10 million yevro to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Torres 2022 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz