«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen Londonning «Arsenal» klubining transfer nishoniga aylandi.
«Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta nigeriyalik futbolchini transfer bozoridagi ustuvor variant sifatida belgilab oldi, deb xabar beradi jurnalist Sebastyen Deni. Angliya grandi rahbariyati bitimni yoz oxirigacha yakunlay olishiga ishonch bildirmoqda. «Galatasaroy» hozircha forvard uchun aniq narx belgilamagan, ammo uning sotuvidan kamida 70 million yevro ishlab olishdan umidvor.
O‘tgan yilning yozida Turkiya klubi Viktor Osimxenni «Napoli»dan 75 million yevroga sotib olgan edi. Transfermarkt portali ham 27 yoshli futbolchini aynan 75 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0