«Barselona» va «Manchester Siti» yarim himoyachi Rodrining transferi bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazadi.

Bitim taqdiri juma kuni hal bo‘lishi mumkin. Jurnalist Veronika Brunatining xabar berishicha, 14 avgust kuni Deku «shaharliklar» vakillari bilan uchrashadi va yulduzli yarim himoyachining o‘tish shartlarini kelishib olishga harakat qiladi. «Barsa» 30 yoshli futbolchi uchun «saxiy» taklif berishi kutilmoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» Rodrining sotuvidan taxminan 80 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining o‘zi tezroq «Barselona»ga ko‘chib o‘tishni istaydi va juma kungi mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishga ruxsat so‘rab, Angliya klubi rahbariyatiga murojaat qilgan.

Manba: Stadion.uz