«Liverpul» «Pari Sen-Jermen» («PSJ») vingeri Bredli Barkolaning transferini amalga oshirish harakatlaridan voz kechmayapti.
So‘nggi kunlarda «mersisaydliklar» fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha faol ish olib bormayotgan edi, biroq bitim taqdiri hali uzil-kesil hal bo‘lgani yo‘q. L'Equipe nashrining xabar berishicha, Angliya klubi transfer oynasining so‘nggi o‘n kunligida ushbu masalani faol ravishda hal qilishni rejalashtirmoqda. Ishonchli manbalarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining o‘zi «Liverpul» safiga ko‘chib o‘tishni istaydi, ammo «PSJ» tomonidan belgilangan juda yuqori narx muzokaralarni murakkablashtirdi.
Transfermarkt portali Bredli Barkolaning transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda. Futbolchiga da’vogarlar orasida «Arsenal» nomi ham tilga olingan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0