Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Mikel Merino o‘z jamoasining yarim himoya chizig‘i darajasini baholadi.

Yaqinda «kanonirlar»ning maydon markazi «Nyukasl»dan 87,5 million yevroga sotib olingan braziliyalik Bruno Gimaraes bilan kuchaytirildi.

«Rostini aytsam, bu aqlbovar qilmas darajada. Ehtimol, bizda dunyodagi eng yaxshi yarim himoya bordir. Bu jamoa uchun juda ajoyib. Ishlaringiz o‘xshamayotgan omadsiz kunda ham yoningizda ajoyib harakat qila oladigan jamoadoshingiz topiladi. Mashg‘ulotlarda bir-birimizni doimo rivojlanishga undab turishimiz juda muhim», — deydi Merino o‘z intervyusida.

Yakshanba kuni Mikel Arteta shogirdlari Angliya Superkubogi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: Stadion.uz