«PSJ» yangi darvozabon — Zion Suzuki bilan shartnoma imzolanganini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Italiyaning «Parma» klubi yaponiyalik posbonning sotilishini allaqachon ma’qullagan.
Ma’lumki, parijliklar yangi xaridni mavsum oxirigacha «Yuventus»ga ijaraga berib yuborishga rozi, biroq 23 yoshli golkiperning o‘zi jamoada qolish haqida o‘ylamoqda, deb xabar beradi jurnalist Loik Tanzi. «PSJ»ning amaldagi zaxira darvozaboni Lyuka Shevalye shu yozda jamoani tark etishi mumkin, shu sababli Sudzuki ijaradan voz kechib, Matvey Safonov bilan asosiy tarkibdan o‘rin olish uchun kurash olib borishi ehtimoldan xoli emas.
Zion Suzukining transfer qiymati taxminan 35 million yevroni tashkil etadi.
Yaqinda Luis Enrike shogirdlari «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0