«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes bo‘yicha transfer muzokaralarini olib borishning so‘nggi muhlati tugab bormoqda.

«Ko‘klar» rahbariyati aniq dedlayn belgiladi: 120 million funt sterling (140 million yevro) miqdoridagi taklif juma kuni soat 17:00 dan kechiktrilmay kelib tushishi kerak — aks holda argentinalik hech qayerga ketmaydi. Insayder Fabrisio Romano ushbu masala bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

«Men «Chelsi» egasi emasman, lekin klub o‘z pozisiyasini aniq va oshkora bildirdi. Aytishim mumkinki, payshanba kuni «Manchester Siti» Fernandesning agentlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bordi. Endi ular talab qilinayotgan summani to‘lashga arziydimi-yo‘qmi, shuni hal qilishlari kerak», — dedi transferlar bo‘yicha mutaxassis.

Enso Fernandesning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz