«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik katta ehtimol bilan Lamin Yamalni yangi pozisiyada sinab ko‘radi.

«Ko‘k-anorranglilar» Ferran Torresni «PSJ»ga sotish arafasida turibdi, yangi markaziy hujumchi esa hali sotib olingani yo‘q. Shu sababli, jamoa aniq yaqqol hujumchisiz qolishi mumkin va Flik allaqachon yangi variantlarni tajribadan o‘tkazmoqda. Barca Universal xabariga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis mashg‘ulotlarda Yamalni «soxta to‘qqizlik» rolida sinab ko‘rgan. Ushbu sxemada o‘ng qanotni Karim Adeyemi, chap qanotni esa Entoni Gordon egallagan. «O‘nlik» pozisiyasi esa Fermin Lopesga topshirilgan.

«Barselona» hujumchilari maydonda doimo o‘rin almashib turadigan moslashuvchan taktik sxemadan foydalanishi istisno etilmayapti. Bu kabi uslubni Luis Enrike boshchiligidagi, ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan «PSJ»da ham kuzatish mumkin. Shu bilan birga, Kataloniya klubi yangi forvard sotib olish fikridan hali uzil-kesil voz kechgani yo‘q.

Manba: Stadion.uz