«Liverpul» va «Pari Sen-Jermen» («PSJ») vinger Bredli Barkolaning transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda.

«Mersisaydliklar» fransiyalik futbolchi bo‘yicha muzokaralarda jiddiy ilgarilashga erishdilar: insayder Nikolo Skiraning ta’kidlashicha, Angliya grandi 23 yoshli futbolchini 125 million yevroga sotib olishga juda yaqin turibdi. Futbolchining o‘zi bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma allaqachon kelishib olingan.

Taniqli Transfermarkt portali tomonidan Barkolaning bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda. Bredli «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasidagi yaqinda bo‘lib o‘tgan va parijliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan UEFA Superkubogi o‘yinida zaxira o‘rindig‘ida qolgan edi.

Manba: Stadion.uz