1998 yilda jahon chempioni bo‘lgan sobiq fransuz darvozaboni Fabyen Bartez zamonaviy futbolda darvozabonning roli keskin o‘zgarib ketganidan afsusda.

«Biz darvozabonning asl vazifasi nima ekanini butunlay unutib qo‘ydik. Darvozabon oyoqlari bilan o‘ynashi kerak, degan moda paydo bo‘lganidan beri hamma gap faqat shu haqida ketmoqda.

Bu sharmandalik», — dedi Bartez. 

Manba: Stadion.uz