«PSJ» vingeri Bredli Barkolya hamon «Liverpul»ning transfer maqsadlari ro‘yxatida qolmoqda.
Turli xabarlarga ko‘ra, «qizillar» fransuz futbolchisi uchun 125 million yevro to‘lashga tayyor va klublar allaqachon kelishuvga yaqinlashgan.
Agar transfer belgilangan shartlar asosida amalga oshsa, 23 yoshli futbolchi «Liverpul» tarixidagi Florian Virs bilan birga ikkinchi eng qimmat xaridga aylanadi. Virs o‘tgan yozda «Bayer»dan xuddi shu summa — 125 million yevro evaziga sotib olingan. Rekord esa hanuz Aleksander Isakka tegishli — u 2025 yilda «Nyukasl»dan 145 million yevro evaziga xarid qilingan.
Avvalroq «PSJ» Bredli Barkolya uchun 150 million yevrodan ortiq mablag‘ so‘rayotgani xabar qilingan edi. Ayni paytda futbolchining o‘zi «Liverpul»ga o‘tishni xohlamoqda va bu borada og‘zaki roziligini bergan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0