«Barselona» hali «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares uchun kurashdan chiqmadi, biroq bozorda muqobil variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
«Ko‘k-anorranglilar»da nafaqat «B rejasi», balki «V rejasi» va hatto «G rejasi» ham bor, deb xabar bermoqda Sport nashri vakili, jurnalist Karlos Monfor. Kataloniya klubi faqat Alvaresga umid bog‘lash juda xatarli ekanini tushunishdi va shu bois bir nechta zaxira variantlarni belgilab olishdi.
Ayni paytda barcha holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu yozda Ispaniyaning amaldagi chempionlari «matrasniklar» yulduzini xarid qila olmasligi mumkin. «Atletiko» futbolchini sotish masalasini muhokama qilishdan qat’iyan bosh tortmoqda, hujumchining o‘zi esa transferni ma’qullashga klub rahbariyatini ishontirishga urinsa-da, jamoasi rahbariyati bilan ochiq mojaroga bormoqchi emas.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0