«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani yangi mavsumda jamoa bilan nimalarga erishishni istashi haqida gapirdi.
O‘tgan mavsumda myunxenliklar ichki maydondagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishdi, Chempionlar ligasida esa yarim final bosqichida to‘xtab, keyinchalik turnir g‘olibiga aylangan «PSJ»ga mag‘lub bo‘lishdi.
«Bavariya» har doim eng yuqori maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: Bundesligada, Germaniya kubogida, Chempionlar ligasida g‘olib chiqish — va, ehtimol, hatto barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonish. Biz, albatta, bunga intilamiz», — dedi Kompani.
22 avgust kuni "qizillar" Germaniya Superkubogi doirasida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o‘ynaydi, 28 avgust kuni esa Bundesliganing birinchi turida «Shtutgart» bilan uchrashadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0