«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik yangi mavsum oldidan jamoa sardori Brunu Fernandesh haqidagi savolga javob berdi.

22 avgust kuniyoq «qizil iblislar» Premyer-liganing birinchi turi doirasida safarda «Xall Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

«Bizga top-darajadagi futbolchilar kerak. Har bir yaxshi jamoada katta foyda keltira oladigan ijrochilar bo‘ladi. Brununing imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishda davom etishimiz va jamoani uning atrofida qurishimiz kerak.

U [ta’tildan] qaytganidan beri o‘zini namunaviy tarzda namoyon etmoqda — bu uning o‘yini, yetakchilik fazilatlari, yosh jamoadoshlariga yordam berish istagiga ham taalluqli. Brunu ayni paytda ajoyib formada va mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda», — deya Kerrikning so‘zlarini keltirdi jurnalist Saymon Stoun.

Manba: Stadion.uz