"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Yuri Tilemans transferidan keyin klub haqidagi fikrlari uchun "Aston Villa" muxlislaridan uzr so‘radi. "Birmingem" klubini tark etganidan so‘ng, futbolchi "qizil iblislar"ni ustun klub deb atadi.

"Mening so‘zlarim hech qachon hech kimni xafa qilish yoki so‘nggi uch yil ichida men juda hurmat qiladigan va minnatdor bo‘lgan "Aston Villa" futbol klubining ahamiyatini pasaytirish niyatida bo‘lmagan.

U yoki bu tarzda, men xatomni tan olishim va so‘zlarimni tanlaganim uchun uzr so‘rashim kerak. Kelajakda ehtiyotkorroq bo‘laman. Klubga kelajakda omad tilayman", deb yozdi Tilemans ijtimoiy tarmoqlarda.

Manba: Stadion.uz