«Santos» hujumchisi Neymar muxlislarning qo‘llab-quvvatlashidan norozi ekanini bildirdi. Braziliyaliklar o‘z maydonida Ekvadorning «Makara» jamoasini Kopa Sudamerikananing 1/8 finali birinchi uchrashuvida 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Taniqli hujumchi ikki marta golli uzatma berdi, uchrashuv yakuniga yetgach esa mahalliy muxlislarni unchalik xursand qilmaydigan bayonot bilan chiqdi.

«Biz ikki turnirda ishtirok etyapmiz — bundan zavqlanishimiz kerak, ammo har bir omadsiz uzatmadan keyin tanqidga uchrayapmiz. Bizni qo‘llab-quvvatlang, olqishlang! Omadsiz o‘yinlardan keyin hushtakbozlik qiladiganlarni tushunaman va hurmat qilaman, ammo uchrashuv davomida emas.

Muxlislar mendan ko‘proq narsani talab qilishmoqda, men esa ulardan ko‘proq narsa talab qilaman», — dedi Neymar.

Manba: Stadion.uz