«Klaksvik» va «Lex» payshanba oqshomida Yevropa ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanma uchun kurashishi kerak edi. Biroq UYEFA uchrashuvni bir kunga qoldirishga majbur bo‘ldi.

«Lex» chorshanba kuni Farer orollariga yo‘l olishi kerak edi, ammo parvoz payshanba tongiga qoldirildi. Bunga manzil aeroporti ustidagi kuchli tuman sabab bo‘ldi.

Payshanba kuni polyaklarning sarguzashtlari parvozdan keyin ham davom etdi — ob-havo samolyotning Farer orollariga qo‘nishiga baribir imkon bermadi. Dispetcherlar havo kemasini Norvegiyaning Bergen shahriga yo‘naltirishdi. Biroz vaqt o‘tgach, «Lex» baribir Farer orollariga yetib bordi, ammo jamoa ixtiyorida uchrashuv boshlanishiga atigi bir necha soat qolgan edi. UYEFA o‘yinni qoldirish haqida qaror qabul qildi.

«Klaksvik» — «Lex» uchrashuvi 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Birinchi uchrashuvda «Lex» o‘z maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. 

Manba: Stadion.uz