Shotlandiya chempionatida mavsum boshlandi, ammo uning ishtirokchilaridan biri — «Grinok Morton» klubida kadrlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Bu ham oddiy muammo emas, jiddiy kadrlar tanqisligi.
Ayni paytda klub bosh murabbiyi Ian Myurrey ixtiyorida atigi 13 nafar futbolchi qolgan. Chempionat qoidalariga ko‘ra esa rasmiy ravishda 16 nafar futbolchi bo‘lishi kerak — 11 nafari asosiy tarkibda, yana 5 nafari zaxirada.
«Agar ishlar shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, biz futbolchilarsiz qolamiz va uchrashuvlarda avtomatik ravishda mag‘lubiyatlar qayd etiladi», — deya Myurreyning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Hozircha, olti turdan so‘ng, klub chempionatda biror marta ham g‘alaba qozona olmadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0