«Tottenxem» «Manchester Siti»ga braziliyalik hujumchi Savinyo uchun 98 million yevro miqdorida rasmiy taklif yubordi.
London klubi «Siti» dastlab futbolchi uchun so‘ragan summani to‘pladi, biroq manchesterliklar hozircha ijobiy javob berishmadi, deb xabar bermoqda Globo.
22 yoshli Savinyo «Tottenxem»ga o‘tishni xohlamoqda va payshanba kuni «Manchester Siti» mashg‘ulotida ishtirok etmadi.
Savinyo «Siti» safidagi ikki mavsum davomida 84 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi hamda 3 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsumda esa u 36 ta o‘yinning atigi 14 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0