CNN xabar berishicha, Ekvador polisiyasi tomonidan musodara qilingan giyohvand moddalar paketlarida "Manchester Siti" va Norvegiya hujumchisi Erling Xolandning suratidan foydalinilgan.
Musodara Kolumbiya chegarasi yaqinidagi Karchi shahrida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasida 369 kilogramm kokain musodara qilingan. Polisiya Xolandning surati tushirilgan 370 ta g‘ishtni musodara qilgan.
Musodara qilingan yana bir yukda "Inter Mayami" va Argentina sardori Lionel Messining surati bor edi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xabar berishicha, giyohvand moddalar savdogarlari orasida yuklarning kelib chiqishini aniqlash uchun o‘z yuklarini mashhur sportchilar va boshqa mashhur shaxslarning suratlari bilan belgilash odatiy holdir.


Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0