«Manchester Siti» yarim himoyachisi Elliot Anderson «shaharliklar»ning sobiq havbeki Kevin de Bryuynening o‘yinini sinchkovlik bilan kuzatib borganini tan oldi.

— Kevin de Bryoyne so‘nggi 10 yil davomida men doimo o‘rnak olgan va havas qilgan futbolchi bo‘lib kelgan. Uning o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlardi. U o‘ynagan klubga kelib qolish — bu o‘zgacha his-tuyg‘u, — dedi Anderson jurnalist Jek Goganga.

Eslatib o‘tamiz, de Bryuyne 2015 yildan 2025 yilgacha «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan. O‘tgan yozda belgiyalik futbolchi Italiyaning «Napoli» klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Ushbu transfer oynasida «shaharliklar» Andersonni «Nottingem Forest»dan 135 million yevro evaziga sotib olishdi.

Manba: Stadion.uz